VETNAM

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam), BCP — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolidagi davlat. Maydon 330 ming 991 km2. Aholisi 90 549 390 kishi (2011). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sahari.

Maydon

331 210 km2

Aholi

97 582 693 Inson

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yil 19-dekabrda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartish va tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi Millat majlisi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident (1997-yildan Chan Dik Liong). Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradiref

Mamlakat hududining 80 % dan ortigʻi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Shimolda chuqur daryo vodiylariga boʻlingan Yunnan togʻligi, markaziy va janubiy qismlarida Annam togʻlari tizimining ayrim massivlari (Kontum, Darlak, Mnong va boshqa) joylashgan. Vyetnamning eng baland nuqtasi ham shu yerda — 3280 m. Dengiz sohili pasttekisliklardan iborat, ularning eng kattalari shimolda Xongxa va janubda Mekong daryolari etaklarida.

Qishda quruq, yozda seryomgʻir musson subekvatorial. Oʻrtacha harorati shimolda iyulda 27°, 29°, yanvarda 14°, 17° dan janubda 24°,26° gacha. Yillik yogʻin miqdori 1500–3000 mm. Iyun va avgust oylarida tayfunlar boʻlib turadi.

Aholisining 86 % vyetnamlar. Tailar, kxmerlar, meo yoki myaolar, man yoki yaolar, xmonglar, xitoylar va boshqa ham yashaydi. Rasmiy tili — Vyetnam tili. Aholining 34 shaharlarda istiqomat qiladi.

Dindorlarning — 55 % buddaviylar, 7 % katoliklar. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Xanoy, Xoshimin, Danang, Xayfon, Namdin.

Rasmiy til

Vetnam

Mil. av 1-ming yillikning oʻrtalarida hozorgi Shimoliy Vyetnam hududida vetnamlarning ajdodlari yashagan. Mil. av. 3-asrda Qizil daryo deltasida ularning ilk quldorlik davlati — Aulak tashkil topgan. Shu davr qad. Vetnam xalqi — lakvetlar madaniyatining paydo boʻlishi davri hisoblanadi. Mil. av. 207 yilda Aulak vetlar davlati — Namvet bilan qoʻshilib ketdi. Mil. av. 2—1-asrlarda Namvetga Xitoyning Xan sulolasi hukmron edi. Bu davlat 7-asrgacha Zyaoti, keyin Annam deb nomlanib keldi. Lakvetlar xitoy feodallarining xitoylashtirish siyosati va zulmiga qarshi uzoq vaqt kurashdi va, nihoyat, 939-yilda mustaqillikka erishdi. 968-yilda mamlakat Daykovet (Buyuk Qad. Vet) nomini oldi. Keyinchalik bu davlat Jan-Sharqiy Osiyodagi yirik feodal davlatga aylandi. Li sulolasi davri (1069—1225)da mamlakat Dayvet deb atala boshladi. Poytaxt Tang-Long (hoz. Xanoy)ga koʻchirildi[1].

Temir yo'lning uzunligi — 2,6 ming km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 300 ming km, ichki suv yoʻllarining uzunligi — 40 ming km ga yaqin. Asosiy dengiz portlari: Xoshimin, Xayfon, Danang, Xonggay, Kamfa. Xoshimin va Xanoyda xalqaro aeroportlar bor[7]. Vyetnam chetga neft, koʻmir, sholi, kauchuk, qalay, kofe, baliq hamda dengiz va qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft mahsulotlari, oʻgʻit, poʻlat, prokat, sement, paxta, mashina asbob-uskunalari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Fransiya, Avstraliya, Germaniya. Pul birligi — dong.