To'lov
TURNI BRON QILISH
Aloqa ma'lumotlarini qoldiring
Aloqa ma'lumotlarini qoldiring
Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
Maydon
513 120 km2
Aholi
70 239 885 Inson
Tailand (Thai), Tailand Qirolligi (Ratcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Janub-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning markaziy qismi va Malakka yarim orolning shimoliy qismida joylashgan davlat. Maydoni 514 ming km². Aholisi 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok shahari. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
Tailand — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 2016-yil 27 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (1946-yildan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Hududining yarmi payettekislik, qolgani deyarli togʻlik (Kxuntxan, Tanentaunji va boshqalar)dan iborat. T.ning sharqini Korat platosi egallaydi. Foydali qazilmalardan qalay, volfram, pyx, yonuvchi slanets, qoʻrgʻoshin, plavik shpat, temir, marganets rudalari, surma, barit, asil toshlar, qoʻngʻir kumir, kaliy va toshtuz, gaz, neft konlari bor. Ikdimi subekvatorial, mussonli. Oʻrtacha yillik temperatura tekislik va togʻoldi rnlarida 22— 29°, qishda shimoliy toglarda —10°, —15° gacha pasayadi. Yillik yogʻin 1000–2000 mm. Asosiy daryosi — MenamChaoPraya (Menam). T.ning sharqiy va qisman shimoli-sharqiy chegarasida Mekong, gʻarbiy chegarasida Saluin daryolari oqadi. Ping va Mun daryolari xdvzasida yirik suv ombori bor. Mamlakat hududining 60% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Malakka yarim orol va Korat platosining qizil va sariq laterit tuprok,li yerlarida qalin, koʻp yarusli (50–60 m balandlikdagi) subekvatorial nam oʻrmonlar, shimoldagi qizil tuprokli yerlarda tropik oʻrmonlar katta maydonni egallaydi. Janubida bambukzorlar, Korat platosida savanna va butazorlar, dare vodiylaridagi oʻtloqi tuproklarda ham oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: T. ramzi boʻlgan oq fil (aksariyati xonakilashtirilgan), odamsimon maymun (gibbon), lemur, malayya ayigʻi, qoplon, yoʻlbars, toʻngʻiz, olmaxon, shimoldagi togʻlarda kiyiklar bor. Qushlardan tustovuq, tovus, toʻtiqush, yovvoyi tovuq va boshqa, botqoqliklarda qarqara, siyom qiziltomoqturnasiuchraydi. Ilonning 100 ga yaqin, kaltakesakning 75 ga yaqin, kapalakning 500 ga yaqin turi bor. Daryolarida baliq, timsoh koʻp. Kxauyay, Txungsalengluay va boshqa milliy boglari, koʻpgina qoʻriqxonalar bor.
T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-asrlarda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-asrda shimoldan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350-yilda asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-asrlarda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vaqt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-asrda Naresuan, 18-asrda Taksin boshchilik qilgan. 19-asr oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-asr Oxiri — 20-asr boshlarida yer islohoti va boshqa islohotlar oʻtkazgan. 1932-yil davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939-yil mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940-yil T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942-yil yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943-yilga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945-yil 19 avgustda T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991-yilgi harbiy toʻntarish (1932-yildan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saklash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dekabr — qirol tugʻilgan kun (1927). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 26 dekabrda tan olgan va 1992-yil 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.