TURNI BRON QILISH

Aloqa ma'lumotlarini qoldiring

Dam olish turi*

Tur turi*

Narx*

Sana*

Odamlar soni

Telefon*

Pochta

ism

Yuborish

SAUDIYA ARABIYA UMRA

Saudiya Arabistoni, (Saudiya Arabistoni Qirolligi) Saudiya Arabistoni Podshohligi (Al-Mamlaka al-Arabiya as-Saudiya) — Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. BMT aʼzosi boʻlgan bu mamlakat Arabiston yarim orolning taxminan 2/3 qismini va Qizil dengiz hamda Fors qoʻltigʻidagi qator qirgʻoqboʻyi orollarni egallaydi. Maydoni 2,25 million km². Aholisi — 34 218 169 kishi (2019). Bulardan 5,3 million kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poytaxti Ar-Riyod shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyatga boʻlinadi.

Maydon

2 150 000 km2

Aholi

35,844,913 Inson

Saudiya Arabistoni— mutlaq teokratik monarxiya. Davlat boshligʻi — podshoh, ayni vaqtda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992-yil 1 martda podshoh farmoni bilan 4 yillik muddatga Shoʻro (Maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997-yilda Shoʻro Kengashi aʼzolarining soni 60 kishidan 90 kishiga yetkazildi. Podshoh Shoʻro Kengashini tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila aʼzolaridan tuziladi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan.

Makka (arabcha: مكّة المكرمة Makkah Al-Mukarramah) — musulmonlar uchun muqaddas hisoblanadigan shahar. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengizdan 70 km uzoqlikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2 mln. kishidan ortiq (2020). Aholi soni boʻyicha Ar-Riyod va Jiddadan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʼonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. Makkada musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan Kaʼba joylashgan. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar.

Madina (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi — paygʻambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning gʻarbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km sharqdagi vohada joylashgan. Aholisi 750 ming kishiga yaqin (2002). Shaharga asos solingan vaqt maʼlum emas. Shahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulugʻlanadi. Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey oʻz "Geografiya"sida bu shaharni "Yatrippa", vizantiyalik Stefan esa "Yatrippa polis" deb bergan. Yasrib nomi bilan u Qurʼoni karimda ham qayd qilinadi. 622 yilda Yasribga Muhammad paygʻambar boshchiligida musulmonlar koʻchib oʻtdi. M.da musulmon davlatchiligiga asos solindi va u birinchi poytaxt sifatida eʼtirof etildi. 7-asrdan boshlab M. musulmonlarning Makkayaan keyingi eng katta ziyoratgohi. 632—661-yillar M. — Roshidiyn xalifalar davlati deb nom olgan mamlakatning poytaxti. Umaviylar va Abbosiylar davrida Hijozning maʼmuriy markazi. 10-asrdan Misrga tobe boʻlgan. Misr turklar tasarrufiga oʻtgach (1517), Usmonli turk saltanati, keyinroq Hijoz podsholigiga (1919) qoʻshib olingan. 1927-yil M.ni Ibn Saʼud qoʻshinlari zabt etdi, 1932-yildan Saudiya Arabistoni tarkibida.

Asrlar davomida M. oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qurʼoni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va boshqalar) M.da nozil boʻlgan. Shaharda Podshoh Fahdning Qurʼon chop etiladigan maxsus bosmaxona majmuasi bor. M. markazida Muhammad paygʻambar uyi oʻrniga Katta Masjid (656) qurilgan. Shahardagi suv minorasi diqqatga sazovor joy. Minoraning yuqori qismidagi maydondan shaharning aksariyat qismi koʻrinib turadi.

M. aholisi, asosan, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, maxsus kiyimlar) ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, shahar chetida dehqonchilik va bogʻdorchilik mahsulotlari (xurmo va sabzavot) yetishtiriladi. M.da oʻquv muassasalaridan kollejlar, Madrasa va bilim yurtlari, Islom un-ti (1961) bor. M. atrofida uchta aylanma yoʻl qurilgan, eng zamonaviy aloqa vositalari mavjud. Shahar avtomobil yoʻllari orqali Makka, Najaf (Iroq), Ammon (Iordaniya), Yanbo va Jidda shaharlari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz suvini chuchuklashtirib beruvchi inshoot qurilgan.

Umra - islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U.ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga U. qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi. Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil ko'rsatmalardan iborat bo'lib, uni o'quvchilarga taqdim etiladi Birinchi: Umra qilmokchi bo'lgan odam miykotga yetib kelganidan so'ng, g'usl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi xayz va nifos qoni ko'rayotgan bo'lsalar-da, g'usl kilib, tozalanadilar. Biroq, qon to'xtab, g'usl qilib poklanmagunlaricha, Ka'bani tavof qilmaydilar. Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan xolda, badaniga xushbo'y narsalar surishi mumkin. Agar miykotda g'usl qilish imkoni bo'lmasa, zarari yo'qdir. Chunki uning Makkaga etib kelgach, qulaylik bo'lsa, tavof kilishdan avval g'usl qilishi, mustaxabdir.

Ikkinchi: Erkak kishi tikilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) boglaydi. Erkaklarning ok rangdagi izor va ridoni boshlarini o'ramasdan bog'lashlari mustaxabdir. Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati bo'lmagan oddiy kiyimlarni kiyishi – ehrom boglashidir. Uchunchi: So'ngra kalbi bilan ibodatga kirishishni niyat kiladi va tili bilan: «labbayka Alloxumma umratan» (Alloxim sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim) yoki «Alloxumma labbayka umratan» (Iloxim, sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim), deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qo'rksa, ehromga kirish paytida «Agar meni biron to'sik to'ssa, o'sha er mening ehromdan chiqish yerimdir», deb shart qiladi. Buning dalili Zubo'a Zubayr qizining aytgan so'zlaridir. U: «Yo rasulullox, men xaj qilmokchiman, biroq, kasalman»- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Xaj qil. Birok, (kasallik) meni qaerda to'ssa, o'sha er mening ehromdan chiqish yerimdir», deb ayt»- dedilar» (Muttafakun alayx). Exromni kiyganidan so'ng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: «Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-ne'mata laka val-mulk, la sharika lak». U bu talbiya va Alloxning zikrini ko'p aytadi va Alloxga ko'p duo kiladi. Masjidul-Xaromga etib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda kilganidek, eshikdan o'ng oyog'i bilan kirib: «Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, a'uzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Alloxning nomi bilan.. Alloxning rasuliga salavot va salomlar bo'lsin. Men Buyuk Alloxdan, Uning buyuk yuzi va kadimiy sultonligi bilan (Alloxning raxmat dargoxidan) kuvilgan Shaytondan panox so'rayman. Iloxim, men uchun raxmating darvozalarini och!)- deyishi sunnatdir. Keyin, Ka'baga yetib kelguniga kadar talbiya aytish bilan mashgul bo'ladi.

To'rtinchi: Ka'baga yetib kelgach talbiya aytishni to'xtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni o'ng ko'li bilan silaydi yoki imkoni bo'lsa, o'padi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: «Bismillaxi valloxu akbar» (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki «Alloxu akbar» (Allox buyukdir), deydi. Agar o'pish imkoni bo'lmasa, qo'li yoki xassasi va shunga o'xshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini o'padi. Agar silash imkoni xam bo'lmasa, ko'li bilan ishora kiladi va: «Alloxu akbar» (Allox buyukdir)- deydi. Ishora kilgan narsasini o'pmaydi. Tavof to'gri-saxix bo'lishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati bo'lishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari bo'lib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan.

Tavof qilar ekan, Ka'ba uning chap tarafida bo'lishiga dikkat kilinadi va uni etti marta tavof kilinadi. Agar o'ng taraf – «ruknul-yamoniy»ga etib kelinsa, uni o'ng ko'l bilan silanadi va: «Alloxu akbar» deyiladi. «Ruknul-yamoniy»ni o'pilmaydi. Agar silash imkoni bo'lmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora xam kilinmaydi va takbir xam aytilmaydi. Xajarul-asvadga etib kelingach, yukorida eslatib o'tilganidek, uni silanadi, o'piladi va takbir aytiladi. Bo'lmasa, unga ishora kilinib, takbir aytiladi. Erkaklargagina «kudum» - kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda «raml» - kichik kadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir.. Bundan tashkari, erkaklarning «kudum» tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining o'rtasini o'ng elkalarining ostiga va ikki tarafini chap elkalarining ustiga ko'yishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Alloxning zikri va duolarning ko'p aytilishi mustaxabdir. Tavofda o'kiladigan maxsus duo va maxsus zikr yo'kdir. Balki, bilgan zikr va duolar o'kilaveradi. Ikki rukn o'rtasida: «Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar» (Robbimiz, bizlarga dunyoda xam, oxiratda xam yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan sakla!) duosini xar bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Ettinchi shavtni, yukorida zikr kilinganidek, imkoni bo'lsa Xajarul-asvadni o'pish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan so'ng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari ko'ksida bo'ladi.

«La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd, va xuva ala kulli shay'in kodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza va'dax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax» (Alloxdan o'zga ilox yo'kdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan o'zga ilox yo'kdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Alloxdan o'zga ilox yo'kdir. U va'dasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va o'zi guruxlarni maglub kildi), deb ko'llarini ko'tarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi. Keyin, Marva togi tomon yuriladi va birinchi belgiga etib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda ko'rsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. So'ngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri o'tgan oyatni o'kilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina o'kiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo togiga etib borilguniga kadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. Etti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj bo'lsa, biron narsani minib yursa, zarari yo'k. Yurish asnosida ko'p zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli bo'lish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yo'k. Sakkizinchi: Agar yurish-sa'y nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini kirishlari yoki kiskartishlari zarur. Kirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yakin bo'lsa, sochlarni kiskartish afzaldir. Chunki sochning kolgan kismini xaj mavsumida kirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini to'plab uning uchidan bir barmok bo'gimicha yoki undan ozrok kirkishlari etarlidir. Exrom boglagan odam yukorida zikri o'tgan amallarni kilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom bo'lgan barcha narsa xalol bo'ladi. Allox ta'olo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitkadam bo'lishga muvaffak kilsin xamda barchadan ibodatlarini kabul etsin. Darxakikat, U saxovatli karim zotdir.