s VIP STATUS TRAVEL - турагентство г. Ташкент

MALDIV OROLLARI

Maldiv (mald. ދިވެހިރާއްޖެ, Dhivehi Raa’je), Maldiv Respublikasi (mald. ދިވެހިރާއްޖޭގެ ޖުމުހޫރިއްޔާ, Dhivehi Raajjeyge Jumhooriyyaa) — Janubiy Osiyoda, Hind okeanining shimoli-gʻarbiy qismidagi Maldiv orollarida joylashgan davlat. Shri Lanka orolining janubi-garbida. Maydoni 298 km2. Aholisi 324 ming kishi (2012). Poytaxti — Male shahri. Maʼmuriy jihatdan 20 orollar guruhiga boʻlinadi.

Maydon

297,8 km2

Aholi

562 756 Inson

Maldiv — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1968-yil 11-noyabrda kuchga kirgan, unga 1972 va 1997-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi (1978-yildan Moʻmin Abdul Qayyum). Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar mahkamasi amalga oshiradi. Maldiv arxipelagi 2 mingdan ortiq kichik orol (atoll)dan iborat, shundan 200 tasida odam yashaydi. Orollarning aksariyati marjon qoyalar bilan oʻralgan. Iqlimi ekvatorga xos, mussonli. Havo harorati 24—30°. Yomgʻir koʻp yogʻishiga qaramay (yiliga 2500 mm gacha) chuchuk suv yetishmaydi. Kokos palmasi, banan, sitruszorlar bor. Non daraxti oʻsadi. Aholisining 99% maldiv (divexi)lar, shuningdek, arablar va malayyalar ham yashaydi. Asosiy dini — islom. Rasmiy tili — maldiv (divexi) tili. Shahar aholisi 30%, birdanbir shahar — Maleda istiqomat qiladi[2].

Miloddan avvalgi 3—1-asrlarda Seylon va Hindistondan singallar, hindlar kelib oʻrnashgan. Ular budda diniga eʼtiqod qilgan. 5—12-asrlarda arablar va forslar kelgach, islom dini Tapqalgan[3], 1153-yilda islom sultonligi vujudga kelib, Didi sulolasi 1968-yilgacha hukmronlik qildi[4]. Sultonlik 1558-yildan portugallarga, 17-asrning 2-yarmidan gollandlarga qaram boʻldi. 1796-yildan Buyuk Britaniya hukmronligi oʻrnatildi, 1887-yil dekabrda uning protektoratiga aylandi. 1965-yilda toʻliq mustaqillikka erishdi. 1968-yil]]da esa ruspublika deb eʼlon qilindi[5]. Maldiva 1965-yildan BMT aʼzosi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 7-dekabrda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 26-iyul — Mustaqillik kuni (1965).

Milliy bayram

26 iyul — Mustaqillik kuni