TURNI BRON QILISH

Aloqa ma'lumotlarini qoldiring

Dam olish turi*

Tur turi*

Narx*

Sana*

Odamlar soni

Telefon*

Pochta

ism

Yuborish

ISTANBUL

Istanbul — Turkiyadagi eng katta shahar, Istanbul elining maʼmuriy markazi. Aholisi 6 536 862 kishi (2011-yil oʻrtalari). Istanbul Marmardengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻgʻoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.[3]

Aholi

15 029 231 inson

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan[4][5]. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395—1453-yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning oktabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi.

Istanbul — dengiz, quruqlik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. Temir yoʻl orqali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.