TURNI BRON QILISH

Aloqa ma'lumotlarini qoldiring

Dam olish turi*

Tur turi*

Narx*

Sana*

Odamlar soni

Telefon*

Pochta

ism

Yuborish

GRUZIYA

Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) — Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti — Tbilisi shahri.

Maydon

69 700 km2

Aholi

3 859 911 Inson

Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan.

Ushbu mamlakatning nomi gruzin tilida — საქართველო (Sakartvelo deb oʻqiladi va talaffuz qilinadi). Ushbu nom tarixiy Katli viloyatiga borib taqaladi. Koʻp tillarda, shu jumladan rus va oʻzbek tillarida keng tarqalgan Gruziya soʻzi qadimgi Gurjan soʻzidan kelib chiqgan. Gurjan soʻzi arab, fors, suryoniy va boshqa tillardagi tarixiy qadimiy qoʻlyozmalarda uchraydi. Ushbu soʻz, arab va fors tillaridagi gurj (Gurjiston — boʻrilar mamlakati) soʻzi orqali paydo boʻlgan[1]. Yevropa va Amerikada keng tarqalgan Georgia (Jorjiya) soʻzi olimlar tomonidan katta ehtimol bilan Avliyo Georgiy nomidan kelib chiqishi aytiladi[2]. Ushbu mamlakatning oʻzbek tilidagi nomlanishi katta bahs va munozaralarga boy. Oʻzbek tilida ushbu mamlakatning ikki xil nomlanishi mavjud: Gruziya va Gurjiston. Oʻzbek tilidagi kitoblar, jurnallar, gazetalar, televideniye va radioda asosan Gruziya atamasi keng qoʻllanib kelinadi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida ham ushbu mamalakatning nomi Gruziya deb belgilangan. Gurjiston atamasi asosan baʼzi oʻzbek shoirlari va yozuvchilari orasida, shuningdek Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi oʻzbek tilidagi baʼzi OAVlarda tarqalgan.

Gruziya — demokratik respublika. 1995-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga binoan davlat va ijroiya qokimiyat boshligʻi — prezident (1995-yil 5-noyabrdan E. Shevardnadze). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat — parlament.

Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida pasttekisligida dengiz sathidan 500 – 600 m balandlikkacha nam subtropik iqlim (yanvarda harorati 5 — 7 °C) boʻlib, yogʻin koʻp yogʻadi (1200 – 2600 mm). Iveri botigʻida yanvarning oʻrtacha harorati — 2 °C dan —3 °C gacha, qish bilan yoz harorati oʻrtasida tafovut katta[4], yogʻin kamroq (300 – 800 mm). Eng issiq oy — avgust harorati 23 °C — 26 °C. Gruziyaning janubdagi togʻlikda iqlim ancha kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadi[5].

Rasmiy til

Gruziya

2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Gruziya aholisining umumiy soni 3 729 500 kishini tashkil etadi. 2014-yilda ushbu koʻrsatkich 4 483 800 kishini (Abxaziya va Janubiy Osetiya hisobga olinmagan) tashkil etgan edi. 2002-yilgi butundavlat aholi sonini sanashda, Gruziya aholisi soni 4 369 579 kishini tashkil etgan edi. 1 km2da aholining oʻrtacha zichligi — 65 kishini tashkil etadi. Aholining 60 % koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi.

Mamlakat aholisining asosiy qismini (83,5 %) gruzinlar (gurjlar) tashkil etadi. Aholining 6,7 % ozarbayjonlar, 5,7 % armanlar, 1,9 % ruslar tashkil etadi. Qolgan milliy ozchiliklar: osetinlar, abxazlar, yezidlar, yunonlar, chechenlar, ukrainlar va boshqalar. Gruzinlarning 1,6 millioni (butun gruzinlarning 27 %zi) Gruziya hududidan tashqarida yashaydi.

Gruziya davlat tili gruzin (gurj) tili. Ushbu til mamlakatdagi eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Ozarbayjon, arman va rus tillari ham mamlakatda keng tarqalgan. Soʻngi yillarda ingliz tili ham ommabop tillardan biriga aylandi.

Eʼtiqod boʻyicha aholining asosiy qismini gruzin pravoslavlari tshkil etadi. Shuningdek mamlakatda protestantlar va lyuteranlar, katoliklar va musulmonlar mavjud.