TURNI BRON QILISH

Aloqa ma'lumotlarini qoldiring

Dam olish turi*

Tur turi*

Narx*

Sana*

Odamlar soni

Telefon*

Pochta

ism

Yuborish

AZARBAYJAN

Ozarbayjon (Azərbaycan), Ozarbayjon Respublikasi (Azərbaycan Respublikası), — Kavkazortining janubisharqiy qismida joylashgan mamlakat. Maydoni 86,6 ming km². Aholisi 9,5 mln. kishi (2015). Poytaxti — Boku shahri Maʼmuriy jihatdan 61 tuman, 65 shahar va 122 shaharchaga boʻlinadi. Naxichevon Muxtor Respublikasi va Togʻli Qorabogʻ Ozarbayjon tarkibiga kiradi.

Maydon

86 600 km2

Aholi

10 191 609 Inson

Ozarbayjon — respublika. Davlat boshligʻi — prezident (2003-yil oktabrdan Ilhom Aliyev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (Milliy majlis), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

Ozarbayjonning asosiy qismi Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz togʻlari janubi-sharqiy qismlarida, shuningdek, Tolish togʻlari oraligʻida joylashgan. Janubida Oʻrta Arake soyligi va uning shimoliy tarmogʻi bor (togʻlar Ozarbayjon hududining deyarli yarmini egallaydi). Kaspiy dengizi qirgʻogʻi kam parchalangan. Qirgʻoq chizigʻining uz. 800 km. Yirik yarim orollari: Apsheron, Kura qum tili, Sara; qoʻltiklari: Apsheron, Qizil-ogʻoch, Boku qoʻltiqchasi; yirik orollari: Artyom, Jiloy. Neft va gaz, temir rudasi, alunit, molibden, tosh-tuz konlari bor. Ozarbayjon, asosan, subtropik zonada boʻlsa ham, quruq va nam subtropik iqlimdan togʻ tundrasi iqli-migacha boʻlgan iqlimni uchratish mumkin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25-27°, yanvarniki payettekisliklarda 0 dan +3°gacha, togʻlarda — 10° gacha. Eng issiq temperatura 40-43°, eng sovuq temperatura — 30°. Yogʻingarchilik juda notekis. Yillik yogʻin — 200 mm dan 1800 mm gacha. Yirik daryosi — Kura va uning asosiy irmogʻi — Arake. 250 ta koʻl bor (yiriklari Gajikobul va Buyukshoʻr). Tuprogʻi — kulrang-oʻtloq, shoʻrxok, kulrang-qoʻngʻir, jigarrang, kashtan, togʻ-kashtan va boshqa tuproklar. Oʻsimliklari juda xilmaxil — 4100 turdan oshadi. Pasttekisliklarda choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, koʻproq butazorlar, Kura-Arake payettekisligining shoʻrxok yerlarida shoʻra, togʻ etaklaridagi tekisliklarda shuvoq va shu-voq-chalov oʻsadi. Oʻrmonzori 1146 ming ga. 2200-2500 m balandliklarda subalp va alp oʻtloklari bor. Hayvonot dunyosi turli-tuman: sudralib yuruvchilar, ke-miruvchilar, yovvoyi toʻngʻiz, nutriya, yenotsimon it, jayran, qoplon, ayiq, tustovuq, kaklik, gʻoz va oʻrdak kabilar. Kaspiy dengizi va Kura daresida baliq (losos, osetr, sevryuga, beluga va boshqalar) moʻl. Zakatali, Turianchay, Kizilogʻoch, Shirvon va boshqa qoʻriqxonalar bor.

Aholisi, asosan, ozarbayjonlar (93 %); ruslar, turklar, lezginlar, avarlar, kurd, tolish, saxur, tatar, tatlar va boshqa ham yashaydi.[2][3] Shahar aholisi 54 %. Rasmiy tili — ozarbayjon tili. Yirik shaharlari: Boku, Sumgait, Mingechaur, Ganja, Lenkoran, Naxichevan. Dindorlari — asosan musulmonlar.

Transport yoʻli uzunligi — 2 ming km dan ortiq, avtomobil yoʻllari uz. 36,7 ming km, 32 ming km qattiq qoplamali. Dengiz transportining ahamiyati katta. Asosiy porti Boku. Boku — Turkmanboshi dengiz paromi mavjud. Kura daryosida kema katnaydi. Boku-Batumi va Ali-Bayramli — Boku neft quvuri, Qoratogʻ — Akstafa, Qoratogʻ — Sumgait gaz quvurlari bor. Bokuda metropoliten qurilgan. Pul birligi — manat.[4]

Rasmiy til

Ozarbayjon

Milliy valyuta

manat